Hisob palatasi endilikda nazorat qiluvchi emas, hamkor idoraga aylantiriladi

eʼlon qilindi
Budjet intizomiga ko‘maklashuvchi idora sifatida
Hisob palatasi endilikda nazorat qiluvchi emas, hamkor idoraga aylantiriladi / Foto: President.uz

23-iyul kuni Shavkat Mirziyoyev Hisob palatasi faoliyati va ijro tizimini takomillashtirishga oid taqdimot bilan tanishdi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmari ma’lum qildi.

Yaqinda imzolangan farmonga binoan, palata vakolatlari kengaytirildi, moliyaviy, samaradorlik va strategik audit tizimi joriy etildi. Endilikda palata nafaqat nazorat qiluvchi, balki budjet intizomiga ko‘maklashuvchi idora sifatida faoliyat yuritadi.

Yilning birinchi yarmida 5,6 trln so‘mlik samarasiz xarajatlar qisqartirildi, byudjetga 5 trln so‘m qo‘shimcha tushum imkoniyati aniqlandi. Masofaviy audit tizimi orqali 4 trln so‘mlik kamchiliklar bartaraf etilgan.

Sun’iy intellekt, «Xalq nazorati» portali va yangi koll-markazlar yordamida kamchiliklar erta aniqlanadi. Hisob palatasi xalqaro standartlar asosida faoliyat yuritib, tashqi qarz loyihalari ham xalqaro mezonlarda auditdan o‘tkazilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Mirziyoyev neft-gaz sohasida xorijiy hamkorlar bilan olib borilayotgan loyihalar bo‘yicha taqdimot bilan tanishgan edi.

Shuningdek