Huawei Pura80 sotuvga chiqdi

23-iyul 2025 16:00 eʼlon qilindi

(23-iyul 2025 22:51 yangilandi)
Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Huawei
Huawei Pura80 oldindan buyurtmaga chiqdi / Foto: Huawei

Xitoyda Huawei Pura80 smartfonining oldindan buyurtmalari boshlandi. Bu haqda ITHome texnologiyalar nashri xabar bermoqda.

Ushbu yangi flagman kamerafon uch xil versiyada taklif etilmoqda: 12 GB operativ xotira bilan 256 GB, 512 GB yoki 1 TB doimiy xotira. Narxlar $655 dan $865 gacha.

Foto: Huawei

Smartfon Kirin 9010S chipi asosida ishlaydi va HarmonyOS 5.1 tizimi bilan jihozlangan. U sun’iy yo‘ldosh aloqa funksiyasini qo‘llab-quvvatlaydi. Ekrani 6,6 dyuymli OLED bo‘lib, 2760×1256 piksel aniqlik, 120 Hz yangilanish tezligi va 1440 Gts PWM xususiyatiga ega.

Old kamera 13 MP. Asosiy kamera uch modulli: 50 MP bosh sensor, o‘zgaruvchan diafragma (F/1.4–4.0), OIS tizimi, 12 MP periskopli modul va 13 MP ultra keng burchakli kamera. Rang aniqligini oshirish uchun 1,5 MP multispektral sensor ham mavjud.

Foto: Huawei

Akkumulyator sig‘imi 5600 mA/soat. Qurilma 66 vattli simli va 50 vattli simsiz quvvatlashni qo‘llaydi. Pura80 IP69 himoyaga ega, og‘irligi 211 gramm, qalinligi esa 8,2 mm.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan Huawei Mate X7 haqida ma’lumotlar e’lon qilingani haqida yozgan edi.

Shuningdek