Ilon Mask siyosatga qaytishi mumkin – Bloomberg

eʼlon qilindi
U yana katta mansablardan birini egallashi mumkin
Foto: TASS

Amerikalik tadbirkor Ilon Mask yaqin kelajakda davlat boshqaruviga qaytishi mumkin. Bu haqda Bloomberg manbalarga tayanib xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Mask avvalroq AQSh prezidenti Donald Trampning Davlat samaradorligi departamenti (DOGE)da faoliyat yuritgan va kelgusida yana shunday mansablardan birini egallashi mumkin.

Bloomberg’ning yozishicha, bu haqda Maskning SpaceX kompaniyasi o‘z investorlarini ogohlantirgan va hujjatlarga bu boradagi xavf omillarini kiritgan. Agentlik manbalariga ko‘ra, bunday ogohlantirish ilk bor tender hujjatlarida paydo bo‘lmoqda.

Iyul oyi boshida Mask o‘zining «Amerika» deb nomlangan siyosiy partiyasi tuzilayotganini e’lon qildi. Amerika saylov komissiyasining ro‘yxatida ma’lum bo‘lishicha, u allaqachon uni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun hujjatlarni rasmiy ravishda topshirgan.

Eslatib o‘tamiz, Mask joriy yilning 29-may kuni DOGE’dagi maxsus davlat xizmatchisi sifatidagi vakolatlari muddati yakunlanayotganini e’lon qilgan edi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Fransiya Ilon Maskning X ijtimoiy tarmogʻi ustidan tergov boshlagani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek