Yangilangan Lada Granta Sport avtomobilining narxi qancha

23-iyul 2025 11:05 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Lada Granta
Lada Granta Sport avtomobilining narxlari qanday / Foto: Lada

Yangilangan Lada Granta Sport endi uchta komplektatsiyada taqdim etiladi. Bu haqda «Avtonovosti dnya» xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, narxlar $19,4 mingdan boshlanadi. Avvalgi Sport’24 modeli endi Comfort deb nomlangan. Yangi Life va Enjoy versiyalarida ko‘proq qulayliklar bor, narxi esa biroz yuqoriroq.

Life va Enjoy versiyalarida immo­bilayzer, signalizatsiya, tuman chiroqlari, masofadan boshqariluvchi markaziy qulflar, orqa eshiklar uchun elektr oynalar, orqa parkovka sensorlari, kruiz-kontrol va oddiy konditsioner o‘rniga to‘liq iqlim tizimi mavjud.

Foto: «AvtoVaz»

Enjoy versiyasi zamonaviy 7 dyuymli sensorli ekranli multimedia tizimi, Apple CarPlay/Android Auto va Yandex xizmatlarini qo‘llab-quvvatlaydi. Life versiyasida esa oddiy audio tizim (FM, USB, Bluetooth) mavjud.

Sportbop Lada Granta boshqa dvigatel bilan birga bir qator o‘ziga xosliklarga ega. Uning osmasi 20 mm pastroq qilinib, maxsus yumshoq shinalar bilan jihozlangan. Bu usul bilan avtomobilning yo‘l bilan tutashuvi kuchaytirilgan. Barabanli tormozlar o‘rniga yuqori samarali diskli tormozlar o‘rnatilgan.

Foto: «AvtoVaz»

Shuningdek, avtomobil kuzovi aerodinamik elementlar va qizil rangdagi dekorativ aksentlar bilan bezatilgan. Yukxona qopqog‘ida spoiler mavjud. Salon esa kontrastli detallarga ega sportbop uslubda bezatilgan. O‘rindiqlar yon tomonlama mahkam ushlab turuvchi shaklda ishlab chiqilgan.

Narxlar quyidagicha:

KomplektatsiyaSedan (rubl)Sedan (USD)Liftbek (rubl)Liftbek (USD)
Comfort1 493 000$19 4091 533 000$19 929
Life1 559 000$20 2671 599 000$20 787
Enjoy1 609 000$20 9171 649 000$21 437

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Lada Iskra avtomobilining narxlari e’lon qilingani haqida yozgan edi.

Shuningdek