Markaziy bank asosiy stavkani ko‘rib chiqish bo‘yicha yig‘ilishni qoldirdi

eʼlon qilindi
Noma’lum muddatga
Foto: Markaziy bank Facebook sahifasi

24-iyul kuni Markaziy bank tomonidan asosiy stavkani ko‘rib chiqish bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazilishi belgilangandi. Regulyator ushbu jarayonni noma’lum muddatga kechiktirganini xabar qildi.

«Joriy yilning birinchi yarim yilligi yakunlari boʻyicha global makroiqtisodiy koʻrsatkichlar va savdo hamkorlar iqtisodiyoti boʻyicha maʼlumotlar iyul oyining oxirida eʼlon qilinishi hamda ishlab chiqilayotgan makroiqtisodiy tahlil va prognozlarda ushbu yangilangan koʻrsatkichlar asos boʻlishini inobatga olib, Markaziy bank asosiy stavkasini koʻrib chiqish boʻyicha Markaziy bank boshqaruvining navbatdagi yigʻilishi kechiktirildi va oʻtkazish sanasi alohida maʼlum qilinadi», — deyiladi xabarda.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan 12-iyun kuni Markaziy bank asosiy stavkani yana o‘zgarishsiz qoldirgani haqida yozgandi.

Shuningdek