Lynk & Co narxi 15 ming dollardan boshlanadigan elektromobillarni taqdim etdi

23-iyul 2025 12:22 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Lynk & Co
Narxi 15 ming dollardan boshlanadigan Lynk & Co Z20 elektromolillari taqdim etildi / Foto: Lynk & Co

Lynk & Co kompaniyasi yangi Lynk & Co Z20 elektromobillari liniyasini ikki yangi, budjetga mos variant bilan kengaytirdi. Bu haqda CarNewsChina xabar bermoqda.

22-iyul kuni taqdim etilgan ushbu yangi modellar Fiji Green nomli yangi rangda bo‘lib, narxni tushirish uchun batareya sig‘imi va motor quvvatida biroz o‘zgarishlar qilingan.

Foto: Lynk & Co

Yangi modellar:

  • Z20 430 km Rear-Wheel Drive Plus — 109 900 yuan ($15 200);
  • Z20 430 km Rear-Wheel Drive Pro — 118 900 yuan ($16 500).

Texnik imkoniyatlar kamaygan bo‘lsa-da, avtomobilning dizayni o‘zgarmagan. The Next Day uslubidagi yashirin yomg‘ir oqava yo‘llari, romsiz eshiklar va oynalar saqlangan. Kuzov o‘lchamlari: 4460×1845×1573 mm, g‘ildiraklar bazasi — 2755 mm, havo qarshilik koeffitsienti — 0.25.

Mashhur «yorqin qanot» orqa chiroqlari 504 ta LED bilan jihozlangan bo‘lib, 1463 mm uzunlikda orqa spoyler bilan birga chiroyli ko‘rinish yaratadi.

Yangi Lynk & Co Z20 elektromobillari qanday narxda sotiladi / Foto: Lynk & Co

Salon ham oldingi modellar kabi qolgan. 15,4 dyuymli markaziy ekran, 13,8 dyuymli HUD va 10,2 dyuymli raqamli panel mavjud. Dynamic Island funksiyasi haydovchining ehtiyojiga qarab kofe burchagi yoki uy hayvoni uchun joyga aylantirilishi mumkin.

Shuningdek, kompaniya avtomobilga yangi dasturiy yangilanish chiqargan. Unda aqlli avtoparkovka, xavfsizlik rejimi, xarita navigatsiyasi, ilovalar tizimi va boshqaruv imkoniyatlari yaxshilangan. Endi masofadan turib to‘xtash, ko‘proq xavfsizlik, yo‘l chiziqlari bo‘yicha vizual ko‘rsatmalar hamda Bilibili va Kugou Music kabi mashhur ilovalar mavjud.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan Geely kompaniyasining Lynk & Co 10 EM-P gibrid avtomobili rasman namoyish etilgani haqida yozgan edi.

Shuningdek