
OnePlus kompaniyasining yangi flagman smartfoni OnePlus 15 shu yilning oktabr oyida taqdim etiladi. Bu haqda Gizmochina xabar bermoqda.
Ushbu smartfon bilan birga OnePlus Ace 6 ham namoyish qilinadi. Bu model Redmi K90 seriyasidan ham oldin chiqishi mumkin.
OnePlus Ace 6 6,83 dyuymli OLED ekran, 1,5K aniqlik va 165 Hz yangilanish tezligiga ega bo‘ladi. U Snapdragon 8 protsessori, metall korpus, ultratovushli ekrandagi barmoq izi skaneri, 7800 mA/soat quvvatli akkumulyator va IP68 himoyasiga ega.
OnePlus 15 esa 6,78 dyuymli 2K OLED ekran, Snapdragon 8 Elite 2 chipi, 7000 mA/soatdan ortiq batareya, 100 vattli tezkor va simsiz quvvatlash texnologiyasi, IP68/IP69 himoyasi bilan taqdim etiladi. Ikkala modelda ham metall ramka bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan OnePlus arzon narxda smartfon taqdim etgani haqida yozgan edi.