O‘zbekiston Saudiya Arabistonini 3:1 hisobida mag‘lub etdi

23-iyul 2025 08:42 eʼlon qilindi

Hafiza Muxtorova

Hafiza Muxtorova

Muxbir h.muxtorova@kursiv.media
O‘zbekiston Saudiya Arabistonini 3:1 hisobida mag‘lub etdi / Foto: O‘FA

22-iyul kuni «JAR» stadionida «Mirabror Usmonov kubogi – 2025» doirasida bo‘lib o‘tgan muhim futbol bahsida O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi Saudiya Arabistoniga qarshi maydonga tushdi va 3:1 hisobida ishonchli g‘alabaga erishdi. Bu haqda O‘FA xabar berdi.

Foto: O‘FA

Uchrashuvning ilk daqiqalaridayoq O‘zbekiston bosimni kuchaytirdi: 8-daqiqada Samandar Mavlonqulov hisobni ochdi, 11-daqiqada esa Jahongir O‘rozov farqni ikkitaga oshirdi. Ikkinchi bo‘limda Nodir Abdurazzoqov 48-daqiqada uchinchi golni kiritdi.

Foto: O‘FA

Saudiya Arabistoni esa faqat 58-daqiqada Murad Kudri orqali javob golini urishga muvaffaq bo‘ldi.

Foto: O‘FA

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Yoaxim Lyov O‘zbekiston terma jamoasida maslahatchi bo‘lishi mumkinligi haqida yozgan edik.

Shuningdek