O‘zbekiston va Rossiya aviaqatnovlarni haftasiga 1000 tadan oshiriladi

eʼlon qilindi
«Uchburchak» shaklidagi parvozlarda 5 tagacha shaharni tanlash mumkin bo‘ladi
UzAirways
O‘zbekiston va Rossiya aviaqatnovlarni haftasiga 1000 tadan oshiriladi / Foto: Uzairways

21 – 22-iyul kunlari Moskvada O‘zbekiston va Rossiya aviatsiya vakillari o‘rtasida havo qatnovlarini kengaytirish bo‘yicha muzokaralar bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda ikki tomon amaldagi reyslar sonini oshirish va parvozlar geografiyasini kengaytirishga kelishib oldi, deya xabar bermoqda Transport vazirligi.

Kelishuvga ko‘ra, haftasiga Toshkent – Moskva yo‘nalishida 100 ta, Samarqand – Moskva 46 ta, boshqa shaharlar bo‘yicha jami 560 dan ortiq reyslar bajariladi.

Shuningdek, «uchburchak» shaklidagi parvozlarda aviakompaniyalarga 5 tagacha shaharni tanlash huquqi berildi. Yangi kelishuv ikki davlat o‘rtasidagi transport, turizm va savdo-iqtisodiy aloqalarni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Centrum Air Namangan – Moskva yo‘nalishida yangi aviaqatnovni yo‘lga qo‘yishi haqida yozgan edik.

Shuningdek