O‘zbekistonda gaz qazib olish hajmi 3,1 foizga kamaydi

eʼlon qilindi
Bir yil ichida
O‘zbekistonda gaz qazib olish hajmi 3,1 foizga kamaydi. Foto: Sean Gallup / Getty Images

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning yanvar–iyun oylarida O‘zbekistonda 21,7 milliard kub metr gaz qazib olingan. Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 3,1 foizga kam.

Shu bilan birga, mamlakat gaz eksportini 50,5 foizga oshirib, $355 millionga yetkazdi. Gaz importi esa kamayib, $571,8 millionni tashkil etdi.

O‘tgan yili «O‘zbekneftgaz» mamlakatda gaz qazib olishni barqarorlashtirish rejasini e’lon qilgandi. Buning uchun xorijiy investitsiyalar jalb qilinib, yangi quduqlar qazish va mavjud konlarni ta’mirlash ishlari amalga oshiriladi.

Yonilg‘i importi bo‘yicha esa Rossiya gazining Qozog‘iston orqali O‘zbekistonga tranziti ortmoqda. QazaqGaz kompaniyasi Qozog‘iston orqali o‘tuvchi Rossiya gazining O‘zbekistonga tranzit hajmi oshganini ma’lum qildi.

Rossiya gazini O‘zbekistonga tranzit qilish ishlari 2023-yilda boshlangan. O‘sha paytda tranzit hajmi yiliga 3 milliard kub metr etib belgilangan edi.

Bundan oldin O‘zbekistonning to‘rtta viloyatida yangi gidroelektr stansiyalar ishga tushirilishi haqida yozgandik.

Shuningdek