O‘zbekistonda sabzi narxi bir yil ichida uch baravar oshdi

eʼlon qilindi
O‘rtacha 11 ming so‘m/kg narxda sotilmoqda
O‘zbekistonda sabzi narxi bir yil ichida uch baravar oshdi / Foto: Sun’iy intellekt

2025-yilgi mavsumda O‘zbekistonda sabzining ulgurji narxi o‘tgan yilga nisbatan 1,5 – 3 baravarga qimmatlashdi. EastFruit ma’lumotlariga ko‘ra, bu sabzi ekiladigan maydonlar qisqargani bilan bog‘liq.

Yangi hosil sabzisi may oyining boshida bozorlarda paydo bo‘lib, o‘rtacha 11 ming so‘m/kg narxda sotila boshlandi. Bu o‘tgan yilgi 6,5 ming so‘mlik narxdan ancha yuqori.

Ekspertlar fikricha, hosildorlik darajasi va eksport hajmi o‘zgarmagan. Narxning oshishiga asosiy sabab sifatida sabzi yetishtirish hajmining kamaygani ko‘rsatilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston meva-sabzavot eksportini 40 foizga oshirgani haqida yozgan edik.

Shuningdek