O‘zbekistonda tarvuzdan ommaviy zaharlanish haqidagi video feyk ekanligi aytildi

eʼlon qilindi
Iyun oxiri – iyul boshida ijtimoiy tarmoqlarda shunday mazmundagi video tarqaldi
O‘zbekistonda tarvuzdan ommaviy zaharlanish holati aniqlanmagan. Foto: Crina-Miriam Cretu / Unsplash

Factcheck.kz O‘zbekistonda bolalar tarvuzdan ommaviy zaharlangani haqidagi tarqalgan xabarlarni tekshirib, bu ma’lumot feyk ekanini tasdiqladi.

Ma’lum qilinishicha, iyun oyi oxirida TikTok’dagi «Lola_lolita___» akkauntida video chiqarilgan. Unda O‘zbekistonda tarvuzlardan zaharlanish holati yuz bergani aytilgan.

Video qisqa vaqt ichida Instagram va Telegram kabi boshqa tarmoqlarda ham tez tarqalgan. Ayrim variantlarda shifoxonalarda joy qolmaganligi va qovunlar ham zaharlangani aytilgan.

Factcheck.kz tahririyati ushbu videoni tekshirib, uning yolg‘on ekanini aniqlagan.

Mamlakatda ommaviy zaharlanish bo‘yicha rasmiy OAVda ham, davlat organlari saytlarida ham hech qanday ma’lumot yo‘q. O‘zbekiston Sanitariya-epidemiologiya qo‘mitasi ham bu xabarni rad etgan.

Videodagi kadrlarda ko‘rsatilgan suyuqlik – azot, fosfor va kaliy kabi o‘simlik o‘sishiga zarur bo‘lgan mineral o‘g‘itlar bo‘lib, me’yorida ishlatilsa, sog‘liq uchun zararli emas. Hatto organik mahsulotlarda ham uchraydi.

Avvalroq «Kursiv» Oʻzbekistonda tarvuz narxi tushgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek