O‘zbekistondan ko‘chib ketganlar soni 9,6 foizga oshdi

eʼlon qilindi
2025-yilning birinchi yarmida
Yilning birinchi yarmida O‘zbekistondan ko‘chib ketganlar soni 9,6 foizga oshdi / Foto: Happyalex / Depositphotos

O‘zbekiston Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning yanvar – iyul oylarida 5,6 ming nafar fuqaro doimiy yashash uchun chet elga ko‘chib ketgan. Bu o‘tgan yildagiga nisbatan 9,6% ga ko‘p.

Shunga qaramay, migratsiya ko‘rsatkichlari 2023-yilga nisbatan ancha past, 2010-yillarning boshidagi raqamlarga qaraganda esa bir necha barobar kam.

Hududlar kesimida eng ko‘p chet elga doimiy yashash uchun ketganlar Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent viloyati va Toshkent shahridan bo‘lgan. Eng kam migratsiya esa Qashqadaryo, Surxondaryo va Namangan viloyatlarida kuzatilgan.

Ayni vaqtda joriy yilning dastlabki olti oyida 673 nafar xorijlik fuqaro O‘zbekistonga doimiy yashash uchun ko‘chib kelgan. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 37,7% ga kamaygan.

Chet eldan kelgan muhojirlar eng ko‘p Toshkent shahri va Toshkent viloyatini yashash joyi sifatida tanlaganlar.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Adliya vazirligi FHDY sohasidagi 2025-yil 1-yarim yillik natijalarini e’lon qilgan edi.

Shuningdek