Prezident maktabiga 1-bosqich imtihon natijalari e’lon qilindi

eʼlon qilindi
Ikkinchi bosqich matematika va ingliz tilidan test
Photo: ta’limxabarlari.uz

Shu yilning 6-iyul kuni o‘tkazilgan Prezident maktablariga kirish imtihonlarining birinchi bosqichi natijalari e’lon qilindi. Bu haqda Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi ma’lum qildi.

Sinovlar Cambridge Assessment International Education tashkiloti tomonidan baholangan bo‘lib, natijalarni quyidagi havolalar orqali ko‘rish mumkin:

Shu bilan birga, 2-bosqich imtihoni 27-iyul kuni birinchi smenada o‘tkazilishi belgilandi. Unda ishtirok etuvchi o‘quvchilar matematika va ingliz tilidan test shaklidagi topshiriqlarni bajaradilar:

  • Matematika (tanqidiy fikrlash va muammoni yechish) – 40 ta topshiriq, 90 daqiqa;
  • Ingliz tili (grammatika va matn bilan ishlash) – 40 ta topshiriq, 40 daqiqa.

Umumiy sinov vaqti 130 daqiqa, ammo javoblar varag‘ini to‘ldirish uchun alohida vaqt ajratilmaydi.

Talabgorlar imtihonga ruxsatnoma va tug‘ilganlik haqidagi guvohnomaning asl nusxasi bilan kelishlari shart.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan 14-iyuldan OTMga test sinovlari boshlangani haqida yozgandi.

Shuningdek