Qibray tumanida yong‘in sodir bo‘ldi

eʼlon qilindi
Hech kim jarohat olmagan
yong‘in
Qibray tumanida yong‘in sodir bo‘ldi / Foto: Ochiq manbalar

Qibray tumanida uy va do‘konda yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda favqulodda vaziyatlar vazirligi (FVV) xabar bermoqda.

23-iyul kuni soat 10:50 da Toshkent viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga Qibray tumanidagi «G‘afur G‘ulom» mahallasida joylashgan uy va qurilish mollari do‘konida yong‘in chiqqani haqida xabar kelib tushgan.

Voqea joyiga 5 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji yetib borgan. Yong‘in soat 11:17 da o‘rab olingan va 11:50 da to‘liq bartaraf etilgan.

Hodisa oqibatida hech kim tan jarohati olmagan. Hozirda yong‘inning sababi va yetkazilgan zarar miqdori o‘rganilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Eng yirik musiqa festivalidan birining bosh sahnasi yonib ketgani haqida yozgan edi.

Shuningdek