Gadjetlar

Red Magic kompaniyasi 10 Air Flame Orange smartfonini taqdim etdi

Smartfon 12 GB operativ va 256 GB doimiy xotiraga ega
Red Magic 10 Air
Red Magic 10 Air «Flame Orange» taqdim etildi / Foto: ITHome

Red Magic kompaniyasi o‘zining yangi Red Magic 10 Air smartfonining Flame Orange rangli versiyasini savdoga chiqardi. Bu haqda ITHome nashri ma’lum qildi.

Smartfon 12 GB operativ va 256 GB doimiy xotiraga ega. Qurilma boshlang‘ich narxi 3149 yuan etib belgilandi (taxminan $430).

Foto: ITHome

Red Magic 10 Air kompaniya tarixidagi eng yupqa to‘liq ekranli telefon bo‘lib, uning korpus qalinligi, bor-yo‘g‘i, 7,85 mm. Qurilma Snapdragon 8 Gen 3 flagman protsessori, LPDDR5X tezkor xotira va UFS 4.0 tez doimiy xotira bilan jihozlangan.

Yangi Wukong displeyi 6,8 dyuymli bo‘lib, 93,7% ekran–korups nisbati, 1600 nit maksimal yorqinlik, 120 Hz yangilanish tezligi va 2160Hz PWM qoraytirish texnologiyasini qo‘llab-quvvatlaydi.

Ekran osti kamera, portret algoritmi 4.0 va magic touch texnologiyasi bilan jihozlangan bo‘lib, teginishga javob berish tezligi 20 foizga oshirilgan. Tezkor sensor 2000 Hz, ko‘p barmoq teginish esa 960 Hz tezlikda ishlaydi.

Foto: ITHome

Telefon Cube sun’iy intellektli ishlashni muvofiqlashtirish tizimi, sovituvchi suyuq metall 2.0 texnologiyasi bilan birga keladi. O‘yinchilar uchun maxsus 9 ta SI asosidagi o‘yin plaginlari mavjud: krosshayr yordamchi, ov rejimi, razvedka rejimi, yuqori sezgirlikdagi ruletka, ketma-ket bosish yordamchisi, audio-video razvedkasi, SI navigator, SI trigger va somatik boshqaruv.

Red Magic 10 Air, shuningdek, 520 Hz ikki sensorli yelkaviy tugmalar, katta sensorli maydon, terga qarshi algoritm, 0815 X-o‘q vibratsiya motori, stereo dinamiklar, Wi-Fi 7 va 5G e-sport tarmog‘iga ega.

Foto: ITHome

Sun’iy intellekt funksiyalari doirasida DeepSeek AI tizimi, SI buff trigger va boshqa imkoniyatlar ham taqdim etilgan.

Ushbu model ilgari e’lon qilingan Shadow Black va Frost Blade White ranglar qatoriga yangi jozibador tus qo‘shmoqda.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan RedMagic Astra Gaming plansheti global sotuvga chiqayotgani haqida xabar bergan edi.