Redmi Turbo 5 kuchli chip va katta akkumulyator bilan taqdim etiladi

23-iyul 2025 11:35 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Redmi Turbo 5
Redmi Turbo 5 kuchli chip va katta akkumulyator bilan taqdim etiladi / Foto: Hindustan hindu news

Redmi Turbo 5 smartfoni haqida dastlabki ma’lumotlar internetda paydo bo‘ldi. 4pda nashrining yozishicha, qurilma allaqachon ishlab chiqilmoqda va 2026-yil boshida taqdim etilishi kutilmoqda.

Smartfon hali rasman e’lon qilinmagan MediaTek Dimensity 8500 Ultra chipi asosida ishlaydi. Bu chip oldingi Dimensity 8400’dagi katta yadrolar arxitekturasiga o‘xshashi kutilmoqda.

Redmi Turbo 5 taxminan 6,6 dyuymli tekis 1,5K displeyga ega bo‘ladi. Uning eng muhim jihatlaridan biri 7500 mA/soat sig‘imli akkumulyatorga egaligidir. Shunga qaramay, qurilma yengil va ingichka shaklda taqdim etiladi. Bunda metall ramka va tekis qirralar yordam beradi.

Xalqaro bozorda ushbu model boshqa nom bilan, masalan, POCO X8 Pro nomida chiqarilishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Redmi Turbo 5 haqida ilk ma’lumotlar paydo bo‘lgani haqida yozgan edi.

Shuningdek