Samsung Galaxy S26 Ultra tezroq zaryadlanadi

23-iyul 2025 20:18 eʼlon qilindi

Hafiza Muxtorova

Hafiza Muxtorova

Muxbir h.muxtorova@kursiv.media
Samsung Galaxy S26 Ultra tezroq zaryadlanadi / Foto: Samsung

Samsung Galaxy S26 Ultra smartfoni avvalgi model – S25 Ultra’dan ko‘ra tezroq zaryadlanadigan bo‘ladi. Bu haqda Sammobile ma’lum qildi.

Yangi model 45 Vt emas, balki 65 Vt quvvatli zaryadlashni qo‘llab-quvvatlashi kutilmoqda. Bu Samsung tomonidan Galaxy S22 Ultra’dan beri saqlanib kelayotgan 45 Vtlik cheklovga yakun yasaydi.

Yangi qurilmalarda USB PD PPS tez zaryadlash texnologiyasi saqlanadi, bu esa Apple va Google kabi kompaniyalar bilan moslikni ta’minlaydi. Galaxy S26 Edge esa avvalgi modelga qaraganda katta batareyaga ega bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Samsung Galaxy S23 smartfonining kamerasida muammo yuzaga kelgan edi.

Shuningdek