Suriya prezidenti yetti oy ichida uchinchi marta suiqasdga uchradi

eʼlon qilindi
Isroilning Yedioth Ahronoth nashriga tayanib
Suriya prezidentiga yetti oy ichida uchinchi marta suiqasd uyushtirildi / Foto: Ijtimoiy tarmoq

Suriya prezidenti Ahmad ash-Sharo so‘nggi yetti oy ichida uchinchi marotaba suiqasdga uchradi. Bu haqda Memo nashri xabar berdi.

Birinchi urinish mart oyida, prezident xalq saroyidan chiqayotganida aniqlanib, hujumchi qo‘lga olingan. Ikkinchi hodisa Daraa viloyatiga tashrif chog‘ida ro‘y bergan – xavfsizlik xizmati tahdidning oldini olgan.

Uchinchi suiqasd esa Damashqda bo‘lib, prezident o‘tadigan yo‘lda qurolli poyloqchi aniqlangan. Bu voqealar Sharo poytaxtni to‘satdan tark etgani haqidagi mish-mishlarga sabab bo‘lgan.

AQShning Suriyadagi vakili Tomas Barrak ushbu tahdidlarni tasdiqlab, prezident xavfsizligi jiddiy tahdid ostida ekanini bildirdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Isroil Damashqqa havo zarbasi bergani haqida yozgan edik.

Shuningdek