Toshkent tibbiyot universiteti Chirchiq filiali Hindiston nashri xabarini rad etdi

eʼlon qilindi
Universitet asossiz xabarlarni rad etadi
Foto: Yandex

Hindistonlik talabalar O‘zbekistondagi tibbiyot oliygohida o‘qimaslikka chaqirgani haqida xabar berilgandi. Toshkent davlat tibbiyot universiteti Chirchiq filiali bu bo‘yicha rasmiy bayonot berdi.

Unga ko‘ra, tibbiy oliygoh prezident qarori bilan 2023-yilda tashkil etilgan va 2024-yil dekabrdan to‘liq faoliyat yurita boshlagan. Hozirda bu yerda 800 dan ortiq talabalar tahsil olmoqda, jumladan, Hindiston, Pokiston, Misr va Iordaniyadan kelgan xorijiy talabalar ham bor.

Chirchiqdagi filialda o‘quv binolari, laboratoriyalar, simulyatsion markazlar, elektron dars platformalari va zamonaviy turarjoylar mavjud. Talabalar Toshkent viloyatidagi 10 ga yaqin klinik bazalarda amaliy ko‘nikmalar olmoqda.

«Filial faoliyatida shaffoflik, akademik erkinlik, tenglik va talabalar huquqlarini himoya qilish ustuvor tamoyil hisoblanadi. Hech qanday bosim yoki majburlash holatlariga yo‘l qo‘yilmaydi. Barcha o‘qish shartlari, to‘lov miqdori va akademik talablarga oid ma’lumotlar rasmiy manbalar orqali ochiq e’lon qilinadi», – deyiladi xabarda.

Filial rahbariyati Hindiston Milliy tibbiy komissiyasining xavotirlarini inobatga olgan holda, mavjud ma’lumotlar noto‘g‘ri va joyida o‘rganilmaganini ta’kidladi. Universitet har qanday tekshiruv va muloqot uchun ochiq hamda Hindiston bilan hamkorlikni mustahkamlash tarafdori ekanini bildirgan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan «Milliy tiklanish» partiyasi vakili poytaxtda bo‘lgan pivo festivalini tanqid qilgani haqida yozgandi.

Shuningdek