Tramp Yaponiya bilan yirik savdo kelishuvini e’lon qildi

eʼlon qilindi
Yapon mahsulotlariga 15 foiz «o‘zaro» boj to‘lovlari joriy qilinadi
Tramp Yaponiya bilan tarixiy savdo kelishuvini e’lon qildi / Foto: The Center Squire

AQSh prezidenti Donald Tramp Yaponiya bilan yirik savdo kelishuvini imzolaganini e’lon qildi. Bu haqda CNN agentligi ma’lum qildi.

Bu kelishuvga ko‘ra, AQSh importchilari Yaponiya mahsulotlarini AQShga olib kirishda 15 foizlik boj to‘laydi. Bu «o‘zaro» (ikki tomonlama) tarif bo‘lib, yaponiyaliklar ham shunga o‘xshash boj to‘layotganiga javoban joriy etilgan. Shuningdek, Yaponiya AQSh iqtisodiyotiga $550 mlrdlik sarmoya kiritadi.

Trampning aytishicha, AQSh bu kelishuvdan daromadning 90 foizini oladi. Bitim avtomobil, guruch va boshqa qishloq xo‘jaligi mahsulotlari bozorini ochishni nazarda tutadi hamda yuz minglab ish o‘rinlari yaratishi kutilmoqda.

Yaponiya bosh vaziri Shigeru Ishiba hujjat tafsilotlari ehtiyotkorlik bilan ko‘rib chiqilishini bildirdi. Bu kelishuv ikki davlat o‘rtasidagi savdo aloqalarini mustahkamlashi kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tramp o‘ziga qarshi ochilgan federal ishlarning 75 foizida yutqazgani haqida yozgan edik.

Shuningdek