
Vivo kompaniyasi yangi Vivo Y400 5G smartfoni ustida ishlamoqda. Qurilma avgust oyining boshida taqdim etilishi kutilmoqda. Bu haqda Gizmochina xabar bermoqda. Smartfon IP68/IP69 darajadagi himoyaga ega bo‘ladi.
Y400 5G 6000 mA/soat sig‘imli akkumulyator va 90 vattlik tezkor quvvatlash funksiyasi bilan ta’minlanadi. Solishtirish uchun, Y400 Pro modeli 5500 mA/soat akkumulyator bilan jihozlangan va IP66 himoya darajasiga ega.
Smartfonning model raqami V2506 bo‘lib, u Bluetooth SIG, Hindistonning BIS sertifikatsiyasi va Google Play Console bazalarida paydo bo‘ldi. Qurilmada FHD+ o‘lchamli egri ekran, Snapdragon 4 Gen 2 chipi, 8 GB tezkor xotira va Android 15 operatsion tizimi bo‘lishi aytilmoqda.
Avvalroq Vivo Y400 Pro modeli ham taqdim etilgan edi. U 6,77 dyuymli egri AMOLED ekran, 2392×1080 piksel aniqlik, 120 Hz yangilanish tezligi, P3 rang gammasi va 4500 nitgacha yorqinlik bilan jihozlangan.
Eslatib o‘tamz, Kursiv Uzbekistan Vivo X Fold5 smartfoni haqida yozgan edi.