Yandex maktab o‘quvchilari uchun bepul dasturlash kursini ishga tushirdi

eʼlon qilindi ( yangilandi)
Qabul 15-avgustgacha
Yandex maktab o‘quvchilari uchun bepul dasturlash kursini ishga tushirdi. Foto: Yandex Uzbekistan

Yandex O‘zbekiston bo‘ylab 14 yoshdan 17 yoshgacha bo‘lgan o‘quvchilar uchun yangi bepul onlayn dasturlash kursini yo‘lga qo‘ydi. Bu haqda «Kursiv» nashriga ma’lum qildi.

Python dasturlash tiliga kirish imkonini beruvchi ushbu kurs IT sohasiga endi qiziqa boshlagan, ilgari bu yo‘nalishda bilim olish imkoniga ega bo‘lmagan yoshlar uchun mo‘ljallangan.

Kursda qatnashish uchun dastlabki bilim talab etilmaydi. Darslar Python asoslari va «turtle» vizual moduli orqali interaktiv shaklda o‘tiladi. O‘quvchilar kod orqali rasm va bezaklar chizishni o‘rganadi.

Har bir modul 1 soatdan 1,5 soatgacha davom etuvchi 8 ta mavzudan iborat bo‘lib, topshiriqlar avtomatik tekshiriladi. O‘quvchilar o‘z natijalarini zudlik bilan ko‘rishi va shaxsiy rivojlanishini kuzatib borishi mumkin.

Foto: Yandex Uzbekistan

Kursni yakunlagan har bir ishtirokchi sertifikat oladi. Shu yilning 20-avgustiga qadar kursni muvaffaqiyatli tugatgan eng yaxshi 120 nafar o‘quvchi Yandex dasturlash maktabiga tanlovsiz qabul qilinadi. Kuzgi bosqichda ular Python bo‘yicha chuqur bilim olish, real loyihalar ustida ishlash va jamoada faoliyat yuritish ko‘nikmalarini shakllantirishadi.

Kursda qatnashish uchun faqat internetga ulangan kompyuter kerak bo‘ladi. Darslarni istalgan vaqtda, o‘quvchining o‘ziga qulay jadvalda o‘rganish mumkin. Ro‘yxatdan o‘tish muddati – 15 avgustgacha.

Quyidagi havola orqali ro‘yxatdan o‘tish mumkin.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Toshkentdagi svetoforlar holatini xaritada real ko‘rish imkoniyati yaratilgani haqida yozgandi.

Shuningdek