Amur viloyatida An-24 samolyoti halokati natijasida barcha yo‘lovchilar halok bo‘ldi

Amur viloyatida halokatga uchragan An-24 yo‘lovchi samolyotida bo‘lgan 49 nafar yo‘lovchining barchasi halok bo‘lgan. Bu haqda TASS nashri xabar berdi.
Tinda shahri aeroporti direktori bergan ma’lumotga ko‘ra, samolyot qulash vaqtida yonib ketgan, voqea joyini aylanib chiqqan qutqaruvchilar esa tirik qolganlarni aniqlay olmagan.
TASS’ning yozishicha, Mi-8 vertolyoti hozircha voqea joyiga qo‘na olmagan. Ammo qidiruv ishlari davom etmoqda. Favqulodda xizmatlar samolyotda texnik nosozlik yoki ob-havo omili sababli muammo yuzaga kelgan bo‘lishi mumkinligini inkor etmayapti.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan «Angara» aviakompaniyasiga tegishli An-24 yo‘lovchi samolyoti radarlar kuzatuvidan yo‘qolgani haqida yozgandi.
Samolyot Blagoveshchensk – Tinda yo‘nalishi bo‘yicha parvoz qilayotganda, Tinda shahriga yaqin hududda aloqa uzilib qolgan.
Amur viloyati gubernatori Vasiliy Orlovning ma’lum qilishicha, samolyot bortida jami 49 kishi – 43 nafar yo‘lovchi (shundan 5 nafari bolalar) va 6 nafar ekipaj a’zosi bo‘lgan.