AQSh sog‘liqni saqlash tizimida SI joriy qilinmoqda

eʼlon qilindi
Ammo xavotirlar mavjud
AQSh sog‘liqni saqlash tizimida SI joriy qilinmoqda, ammo xavotirlar mavjud / Foto: Fronties

AQShda sog‘liqni saqlash tizimiga sun’iy intellekt tatbiq qilinmoqda. Bu haqda CNN ma’lum qildi.

FDA tomonidan yaratilgan Elsa tizimi dorilar va tibbiy qurilmalarni tezroq tasdiqlashga xizmat qiladi. Biroq Elsa ba’zan mavjud bo‘lmagan tadqiqotlarni «to‘qib chiqarishi» yoki ma’lumotlarni noto‘g‘ri talqin qilishi aniqlangan.

Hozircha tizim faqat hujjatlarni umumlashtirish va uchrashuvlarni qayd etish uchun foydalanilmoqda. Mutaxassislar SIga to‘liq ishonmasdan, ehtiyotkorlik bilan ishlatishni tavsiya qilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Delta aviakompaniyasi SI yordamida chipta narxlarini belgilashi haqida yozgan edik.

Shuningdek