Bahodir Jalolovning navbatdagi jangi bekor qilindi

24-iyul 2025 12:58 eʼlon qilindi

Mirjalol Norqobilov

Mirjalol Norqobilov

Yangiliklar muharriri m.norqobilov@kursiv.media
Bahodir Jalolovning navbatdagi jangi bekor qilindi. Foto: All Boxing

Oʻzbekistonlik bokschi Bahodir Jalolovning 26-iyul kuni Nyu-Yorkda boʻlib oʻtishi rejalashtirilgan jangi bekor qilindi. U italiyalik Janmarko Kardilo bilan ringga chiqishi kerak edi.

Top Rank promouterlik kompaniyasining rasmiy bayonotiga koʻra, Kardilo sogʻligʻi bilan bogʻliq muammolar tufayli jangda ishtirok eta olmaydi.

«Bahodir Jalolov va Janmarko Kardilo oʻrtasidagi jang sogʻliq holati tufayli bekor qilindi. Kardilo jangni oʻtkaza olmasligini bildirdi», – deyiladi promouterlik kompaniya xabarida.

Sportchi hozirgacha professional boksda 15 ta jang oʻtkazgan. Ularning 14 tasini nokaut bilan, birini esa hakamlar qarori bilan yutgan. Uning soʻnggi bahsi 5-aprel kuni Qozogʻistonda boʻlib oʻtgan va unda u ukrainalik Igor Shevadzutskiyni ochkolar evaziga magʻlub etgan edi.

Hozircha Bahodir Jalolovning yangi raqibi yoki jang sanasi boʻyicha rasmiy ma’lumot berilmadi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Jalolov havaskor boksdagi faoliyatini rasman yakunlagani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek