Bortida 49 kishi bo‘lgan rus samolyoti bedarak yo‘qoldi

eʼlon qilindi
Tinda shahriga yaqin hududda aloqa uzilib qolgan
Foto: Federal press.ru

Rossiyaning Amur viloyatida «Angara» aviakompaniyasiga tegishli An-24 yo‘lovchi samolyoti radarlar kuzatuvidan yo‘qoldi. Bu haqda TASS nashri xabar berdi.

Samolyot Blagoveshchensk – Tinda yo‘nalishi bo‘yicha parvoz qilayotganda, Tinda shahriga yaqin hududda aloqa uzilib qolgan.

Amur viloyati gubernatori Vasiliy Orlovning ma’lum qilishicha, samolyot bortida jami 49 kishi – 43 nafar yo‘lovchi (shundan 5 nafari bolalar) va 6 nafar ekipaj a’zosi bo‘lgan.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi voqeani tasdiqlab, qidiruv-tahlil guruhlari, jumladan, Mi-8 vertolyoti ham qidiruvga yuborilgan. Hozirda samolyot joylashgan hududni aniqlash va izlash ishlari davom etmoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, An-24 samolyoti parvoz chog‘ida hech qanday nosozlik haqida signal bermagan. Ayni vaqtda hodisaning sabablari va samolyot taqdiri bo‘yicha ma’lumotlar aniqlashtirilmoqda.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Bangladeshda harbiy samolyot maktab binosiga qulab tushgani haqida yozgandi.

Shuningdek