«CitiBank» O‘zbekistonda o‘z vakolatxonasini ochdi

eʼlon qilindi
Oldin Markaziy bank moliya tashkiloti vakolatxonasini akkreditatsiyadan o‘tkazgandi
CitiBank O‘zbekistonda o‘z vakolatxonasini ochdi. Foto: tadldav68/Depositphotos

CitiBank Toshkentda o‘z vakolatxonasini ochdi, deb xabar berdi moliya tashkiloti vakili Grant Karson LinkedIn sahifasida.

«Ushbu yangi bosqich bizga mijozlarimiz va hamkorlarimizga yanada yaqin bo‘lish, ularga global imkoniyatlardan foydalanishda va tez o‘zgarib borayotgan bozor sharoitida yo‘l topishlariga yordam berish imkonini beradi», – deydi u.

Karsonning qo‘shimcha qilishicha, O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar bankning respublikadagi faoliyatini kengaytirishga imkon yaratgan.

Ushbu vakolatxona davlat idoralari va moliyaviy tashkilotlar bilan hamkorlikni kengaytirish maqsadida tashkil etilgan.

Ma’lumot o‘rnida, «CitiBank AS» – «CitiBank» (AQSh)ning Turkiyadagi shuba banki hisoblanadi.

«CitiBank» esa jahonning yetakchi moliyaviy tashkilotlaridan biri bo‘lib, 180 dan ortiq mamlakatda chakana, korporativ va investitsion bank xizmatlari hamda aktivlarni boshqarish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatadi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Qozog‘istonning «Halyk Bank»i Click’ning 49 foiz ulushini sotib olgani haqida yozgandi.

Shuningdek