Dollar 109 so‘mdan ko‘proqqa pasaydi

24-iyul 2025 16:03 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
dollar
24-iyul kuni dollar qancha pasaydi / Foto: Depositphotos

Bugun, 24-iyul kuni dollar kursi 109,05 so‘mga pasayib, 12 653,48 so‘mni qayd etdi. Bu haqda Markaziy bank xabar bermoqda.

Dollar kursining iyul oyidagi qiymati

SanaKurs (so‘m)O‘zgarish
23-iyul12 762,53+58,51 so‘m
22-iyul12 704,01+100,5 so‘m
21-iyul12 603,52+25,21 so‘m
18-iyul12 578,21−79,98 so‘m
17-iyul12 658,19−100,17 so‘m
16-iyul12 758,36−19,76 so‘m
15-iyul12 778,12+78,98 so‘m
14-iyul12 699,14+84,07 so‘m
11-iyul12 615,07−19,27 so‘m
10-iyul12 634,34−18,98 so‘m
9-iyul12 653,32−58,77 so‘m
8-iyul12 712,09+35,36 so‘m
7-iyul12 676,73+70 so‘m
4-iyul12 606,73+49,17 so‘m
3-iyul12 557,56−34,15 so‘m
2-iyul12 591,71−84,4 so‘m
1-iyul12 676,11−18,86 so‘m

1-iyul kuni 12 676,11 so‘mni tashkil etgan AQSh dollari kursi 2-iyul kuni 84,4 so‘mga pasayib, 12 591,71 so‘mga tushdi. 3-iyulda esa yana 34,15 so‘mga kamayib, 12 557,56 so‘m bo‘ldi.

Keyingi kunlarda esa dollar narxi asta-sekin ko‘tarildi. 4-iyulda 49,17 so‘mga oshib, 12 606,73 so‘mni tashkil etdi. 7-iyulga kelib kurs 70 so‘mga ko‘tarilib, 12 676,73 so‘mga yetdi. 8-iyulda esa 35,36 so‘mlik o‘sish kuzatilib, dollar 12 712,09 so‘m bo‘ldi.

Biroq 9–11-iyul kunlari dollar kursi ketma-ket pasaydi. Jumladan, 9-iyulda 58,77 so‘mga, 10-iyulda 18,98 so‘mga, 11-iyulda esa 19,27 so‘mga kamaydi.

12–15 iyul oralig‘ida esa barqaror o‘sish qayd etildi. Ayniqsa, 14-iyulda kurs 84,07 so‘mga ko‘tarilib, 12 699,14 so‘mni tashkil etdi. 15-iyulda esa 78,98 so‘mlik o‘sish bilan dollar 12 778,12 so‘mga yetdi.

Shundan so‘ng, 16 va 17-iyul kunlari kurs pasaygan bo‘lsa-da, 18–23-iyul oralig‘ida yana izchil ko‘tarildi. Ayniqsa, 22-iyulda kurs bir kunda 100,5 so‘mga, 23-iyulda esa 58,51 so‘mga oshib, 12 762,53 so‘mga yetdi.

Shuningdek, Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, yevro 106,47 so‘mga tushib, 14 871,64 so‘mni, rubl esa 2,91 so‘mga pasayib, 159,75 so‘mni tashkil qildi.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan AQSh valyutasining kursi hafta davomida qanday o‘zgargani haqida yozgan edi.

Shuningdek, AQSh valyutasining iyun oyidagi o‘zgarishi haqida material e’lon qilingan edi

Shuningdek