Dunyo yetakchilari Shavkat Mirziyoyevni tavallud kuni bilan tabrikladi

eʼlon qilindi
Tabrik maktublari kelishda davom etmoqda
Dunyo yetakchilari Shavkat Mirziyoyevni tavallud kuni bilan tabrikladi / Foto: President.uz

Shavkat Mirziyoyevning tavallud kuni munosabati bilan ko‘plab davlatlar rahbarlari, xalqaro tashkilotlar va taniqli jamoat arboblaridan samimiy tabriklar yo‘llandi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati ma’lum qildi.

Tabrik maktublarida O‘zbekiston rahbari boshchiligida mamlakatda olib borilayotgan izchil islohotlar, xalq farovonligini oshirish va xalqaro maydondagi faol siyosat e’tirof etildi.

Prezident Vladimir Putin (Rossiya), Si Szinpin (Xitoy), Rajab Toyyib Erdo‘g‘on (Turkiya), Qosim-Jomart Toqayev (Qozog‘iston), Ilhom Aliyev (Ozarbayjon), Sadir Japarov (Qirg‘iziston), Imomali Rahmon (Tojikiston), Serdar Berdimuhammedov (Turkmaniston), Abdul-Fattoh as-Sisi (Misr), Sergio Mattarella (Italiya), Aleksandr Lukashenko (Belarus), va boshqa ko‘plab prezidentlar o‘z tilaklarini bildirdi.

Shuningdek, ShHT, MDH, Turkiy davlatlar tashkiloti, Yangi taraqqiyot banki, Yevroosiyo taraqqiyot banki, Xalqaro dzyudo federatsiyasi va boshqa yirik tashkilotlar rahbarlari ham tabrik yo‘lladi.

Barcha tabriklarda davlatimiz rahbariga mustahkam sog‘lik, O‘zbekiston xalqiga esa tinchlik, baraka va ravnaq tilaklari bildirildi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Mirziyoyevning 68 yoshni qarshi olgani haqida yozgan edik.

Shuningdek