Samsung’ning eng yaxshi smartfonlari qaysilar

24-iyul 2025 17:11 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Samsung smartfonlari
Foto: CNET

Samsung joriy chorakda ham eng yaxshi smartfonlari bilan bozorga hukmronlik qilmoqda. Apple’ga raqib sifatida qaralayotgan kompaniya bu yil ham kuchli kameralar, tez ishlash va uzoq batareya umriga ega modellarni taqdim etdi. Tom’s Guide nashri eng yaxshi Samsung smartfonlari haqida maqola e’lon qildi.

  1. Samsung Galaxy S25 Ultra
Samsung Galaxy S25 Ultra / Foto: Wccftech

Bu model eng kuchli flagman hisoblanadi. U 6.9 dyuymli Dynamic AMOLED ekran, Snapdragon 8 Elite chipi va beshta kamera bilan jihozlangan. Asosiy kamera 200MP, qo‘shimcha ravishda 5x va 3x zumli telefoto linzalari ham bor. 12GB operativ xotira va 1TB gacha saqlash hajmi mavjud. Telefon 17 soatdan ortiq batareya ishlash muddati bilan ajralib turadi.

Eng muhim yangilik – Galaxy SI funksiyasi. Endi foydalanuvchilar Google va Samsung ilovalari o‘rtasida silliq harakatlana oladi. Masalan, xarita orqali manzil topib, uni avtomatik ravishda SMS orqali yuborish mumkin. Bu funksiyalar telefonni yanada qulay qiladi.

Uning narxi taxminan 14 mln so‘m.

  1. Samsung Galaxy S25
Samsung Galaxy S25 / Foto: Forbes

Agar siz $1,299 lik Ultra versiyasini ololmasangiz, S25 modeli juda yaxshi alternativ. Modelda SI funksiyalar va kuchli kameralar shu yerda ham mavjud. 6.2 dyuymli ekran va Snapdragon 8 Elite chipi bilan birga keladi. Asosiy kamera 50MP. Batareya muddati 15 soatdan oshadi.

Circle to Search kabi SI funksiyalar mavjud. Ular orqali fotosuratlar va matnlar orasida tabiiy tilda izlash mumkin. Oddiy foydalanuvchilar uchun ideal tanlov.

Uning narxi taxminan 10 mln so‘m.

  1. Galaxy S24 FE
Galaxy S24 FE / Foto: Mark Ellis / Medium

Bu model arzonroq, lekin SI funksiyalarni o‘zida saqlab qolgan. 6.7 dyuymli AMOLED ekran, Exynos 2400e chipi va 3 ta kamera bilan jihozlangan. Asosiy kamera 50MP. Batareya muddati – 12 soat 22 daqiqa.

Galaxy S24 FE – yangilangan S24 seriyasining qulay narxli versiyasi. Samsung bu telefon uchun 7 yilgacha dasturiy qo‘llab-quvvatlashni va’da qilgan.

Uning narxi taxminan 8 mln so‘m.

  1. Galaxy Z Flip 7
Galaxy Z Flip 7 / Foto: PhoneArena

Samsung bukiluvchi telefonlar bozorida ham oldinda. Galaxy Z Flip 7 modeli 6.9 dyuymli ichki va 4.1 dyuymli tashqi ekran bilan taqdim etilgan. Uning narxi Yevropa bozorida $1,099, avvalgi Flip 6 modeli bilan bir xil. Kamerasi – 50MP va 12MP. AI funksiyalar bu modelda ham mavjud.

Flex Window tashqi ekrani yordamida ko‘p ishni telefonni ochmasdan bajarish mumkin. Dizayni ixcham, cho‘ntakka sig‘adi.

Bu model mahalliy bozorga hali kelgan emas.

  1. Galaxy Z Fold 7
Galaxy Z Fold 7 / Foto: Alibaba

Bukiluvchi dizayndagi bu model eng yupqa Samsung telefoni sifatida tanildi. Ochilganida qalinligi atigi 4.2 mm. Yopiq holatda esa 8.9 mm. Ichki ekran – 8 dyuym, tashqi ekran – 6.5 dyuym. Kamera tizimi Ultra model bilan teng. Batareya 10 soatdan ortiq ishlaydi.

Yangi g‘ilof va burma mexanizmi telefonni bardoshli qiladi. SI funksiyalari ham optimallashtirilgan. Masalan, suratlar ustida real vaqtda tahrir qilish va oldin-keyin ko‘rinishini ko‘rish mumkin.

Bu model ham mahalliy bozorga hali kelgan emas

Avvalroq surat sifati bo‘yicha eng yaxshi smartfonlar e’lon qilingani haqida yozgan edi.

Shuningdek