
Google’ning yangi bukiluvchi flagmani Google Pixel 10 Pro Fold smartfonining tasvirlari internet manbalarida paydo bo‘ldi. Bu haqda Android Headlines xabar bermoqda.
Smartfon ikki rangda ko‘rsatilgan: sivo-ko‘k va pista-yashil. Model 6,4 dyuymli tashqi ekran, Tensor G5 protsessori, 5015 mA·soatli batareya, 23 Vt quvvatga ega simli va 15 Vt simsiz quvvatlash funksiyasi bilan jihozlangan.
Qurilma 20-avgust kuni Pixel 10 va Pixel 10 Pro bilan birga taqdim etilishi kutilmoqda.

Pixel 10 Pro Fold xalqaro bozorda Samsung Galaxy Z Fold7 bilan raqobat qiladi.
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan Google yangi Pixel 10 smartfonlarini 20-avgustda taqdim etilishi haqida yozgan edi.