Navoiy, Namangan va Farg‘onada valyutafurush shaxslar qo‘lga olindi

eʼlon qilindi
Jami $13,4 ming noqonuniy valyuta muomalasiga jalb qilingan
Navoiy, Namangan va Farg‘onada valyutafurush shaxslar qo‘lga olindi / Foto: Bosh prokuratura departamenti

Navoiy, Pop va Farg‘onada o‘tkazilgan tezkor tadbirlar davomida noqonuniy valyuta ayirboshlash bilan shug‘ullangan bir nechta fuqarolar ashyoviy dalillar bilan ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura departamenti ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, Navoiyda fuqaro $5 mingni 64,3 mln so‘mga sotayotgan paytda, Popda fuqaro $3,9 mingni 49,6 mln so‘mga sotib olgan paytda qo‘lga olindi. Farg‘onada esa fuqaro $4,5 mingni 57,4 mln so‘mga sotgan vaqtida ushlangan.

Barcha holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 177-moddasi bo‘yicha jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov ishlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Xorazm va Qashqadaryoda ham noqonuniy valyuta savdosi bilan shug‘ullanganlar ushlangan edi.

Shuningdek