
Navoiy, Pop va Farg‘onada o‘tkazilgan tezkor tadbirlar davomida noqonuniy valyuta ayirboshlash bilan shug‘ullangan bir nechta fuqarolar ashyoviy dalillar bilan ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura departamenti ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, Navoiyda fuqaro $5 mingni 64,3 mln so‘mga sotayotgan paytda, Popda fuqaro $3,9 mingni 49,6 mln so‘mga sotib olgan paytda qo‘lga olindi. Farg‘onada esa fuqaro $4,5 mingni 57,4 mln so‘mga sotgan vaqtida ushlangan.
Barcha holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 177-moddasi bo‘yicha jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov ishlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Xorazm va Qashqadaryoda ham noqonuniy valyuta savdosi bilan shug‘ullanganlar ushlangan edi.