Neuralink yiliga 20 ming kishiga chip o‘rnatishni rejalashtirmoqda

Ilon Mask asos solgan Neuralink kompaniyasi miya implantlari sohasida katta rejalarni e’lon qildi. Bu haqda Reuters agentligi ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, kompaniya har yili 20 ming bemorga chip o‘rnatishni va 2031-yilga borib yiliga $1 mlrd daromad olishni mo‘ljallamoqda.
Neuralink yaqin olti yil ichida beshta yirik klinika ochishni rejalashtirgan. Ular uch xil implantni taqdim etadi: Telepathy (inson-mashina interfeysi), Blindsight (ko‘rishni tiklash), va Deep (Parkinson kasalligini davolash). Telepathy 2029-yilda, Blindsight esa 2030-yilda foydalanishga topshirilishi kutilmoqda.
2016-yilda tashkil etilgan Neuralink bugunga qadar 1,3 milliard dollar sarmoya jalb qilgan va $9 mlrdga baholanmoqda. 2024-yildan boshlab odamlar ustida sinovlar boshlangan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Maskning siyosatga qaytishi mumkinligi haqida yozgan edik.