BAA o‘zbekistonlik sayyohlar uchun avtomobil boshqarish tartibini soddalashtirdi

Birlashgan Arab Amirliklari hukumati 50 dan ortiq davlat fuqarolariga o‘z mamlakatlarida berilgan haydovchilik guvohnomasi bilan BAAda avtomobil boshqarishga ruxsat berdi. Bu haqda Gulf News ma’lum qildi.
Bu imtiyoz nazariy yoki amaliy imtihonlarsiz, faqat vaqtinchalik tashrif buyurganlarga taalluqli.
Doimiy yashovchilar esa guvohnomani BAA guvohnomasiga almashtirish uchun maxsus talablarni bajarmog‘i zarur. Bunda guvohnoma amal qilish muddati, yuridik tarjima, ko‘z tekshiruvi va 600 dirham (2 mln so‘mdan ziyod) to‘lov zarur bo‘ladi.
Tan olingan davlatlar orasida AQSh, Fransiya, Yaponiya, Germaniya, Turkiya, Janubiy Koreya kabi mamlakatlar ham mavjud. Biroq Janubiy Koreya fuqarolari uchun faqat doimiy yashash asosida almashtirish ruxsat etiladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq endilikda xorijliklar Saudiya Arabistonida ko‘chmas mulkka egalik qilishi mumkin bo‘lishi haqida yozgan edik.