Poytaxt ko‘chalaridan yana biri vaqtincha yopiladi

eʼlon qilindi
25-iyul soat 15:00 dan 28-iyul soat 06:00 gacha
Poytaxt ko‘chalaridan yana biri vaqtincha yopiladi / Foto: Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati

Toshkent shahri Shayxontohur tumanida qurilish-montaj ishlari olib borilishi munosabati bilan transport harakati vaqtincha cheklanadi. Bu haqda shahar hokimligi matbuot xizmati ma’lum qildi.

25-iyul soat 15:00 dan 28-iyul soat 06:00 gacha Kichik halqa yo‘lining Beshqayrag‘och va Beruniy ko‘chalari oralig‘idagi bir tomonlama yo‘l yopiladi. Shu sababli haydovchilarga muqobil yo‘nalishlardan foydalanish tavsiya qilinmoqda.

Hokimlik fuqarolardan vaqtincha noqulayliklar uchun uzr so‘raydi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq ham Toshkent ko‘chalaridan biri 18-avgustgacha yopilgan edi.

Shuningdek