Qozog‘istonda Cobalt avtomobili «Komfort» tarifidan chiqariladi

24-iyul 2025 21:49 eʼlon qilindi

Hafiza Muxtorova

Hafiza Muxtorova

Muxbir h.muxtorova@kursiv.media
Qozog‘istonda Cobalt avtomobili «Komfort» tarifidan chiqariladi / Foto: Av.by

2025-yil 15-avgustdan boshlab Qozog‘istonda taksi xizmatlarining «Komfort» tarifiga yangi talablar kuchga kiradi. Bu haqda Yandex rasmiy sahifasida ma’lum qilindi.

Yangi qoidalarga ko‘ra, Chevrolet Cobalt, Ravon R4 va Changan Alsvin modellari endi bu tarifda ishlay olmaydi. Bu avtomobillar, hatto yangi yoki to‘liq jihozlangan bo‘lsa ham «Komfort» xizmatiga mos kelmaydi.

Biroq 15-avgustgacha ro‘yxatdan o‘tgan va kamida bir marta buyurtma bajargan mashinalar ushbu tarifda ishlashda davom etadi. Yangi avtomobillar esa faqat «Ekonom» yoki «Yetkazib berish» tariflariga ulanadi.

Yandex Taksi vakillarining ta’kidlashicha, bu o‘zgarishlar sifatni oshirish va mijozlarga qulaylik yaratish maqsadida joriy etilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Chevrolet Cobalt qo‘shni davlatlarda qanday narxda sotilayotgani haqida yozgan edik.

Shuningdek