Samsung Galaxy S26 Edge haqida ilk ma’lumotlar paydo bo‘ldi

24-iyul 2025 10:51 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Samsung
Samsung Galaxy S26 Edge haqida ilk ma’lumotlar paydo bo‘ldi / Foto: Benchmark

Samsung Galaxy S26 Edge smartfoni haqida muhim tafsilotlarni e’lon qilindi. Ushbu model Galaxy S25 Edge’dan ham yupqaroq bo‘ladi.

Yangi model nafaqat undan yupqaroq, balki batareyasi ham katta sig‘imga ega bo‘ladi. Bu esa yangi texnologiya — kremniy-uglerodli batareya materiali orqali amalga oshiriladi. Bu texnologiya sig‘imni oshirib, korpusni yupqa saqlashga imkon beradi.

Foto: Samsung

Agar Galaxy S26 Edge modelida ushbu texnologiya qo‘llansa, unda butun Galaxy S26 seriyasi ham yangi avlod batareyalar bilan ta’minlanishi mumkin.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Galaxy S26 Plus modeli chiqarilmaydi. Uning o‘rnini aynan Galaxy S26 Edge egallaydi. Samsung Galaxy S26 seriyasi 2026-yil boshida taqdim etilishi kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Samsung Galaxy S26 Ultra haqida ilk ma’lumotlar e’lon qilingani haqida yozgan edi.

Shuningdek