Shavkat Mirziyoyev 68 yoshni qarshi oldi

Bugun, 24-iyul kuni O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 68 yoshga to‘ldi.
Davlat rahbari 1957-yil 24-iyulda Jizzax viloyatining Zomin tumanida shifokor oilasida tug‘ilgan. 1981-yili Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutini tugatgan. Muhandis-mexanik mutaxassisligiga ega. Texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Mehnat faoliyatini 1981-yilda Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutida boshlab, kichik ilmiy xodim, katta o‘qituvchi, dotsent, o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor lavozimlarida ishladi.
1992-yilda Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumani hokimi lavozimiga tayinlandi. 1996 – 2001-yillarda Jizzax viloyati hokimi, 2001 – 2003-yillar mobaynida Samarqand viloyati hokimi lavozimlarida ishladi.
Mirziyoyev 2003-yilda O‘zbekiston Respublikasining bosh vaziri etib tasdiqlandi va ushbu lavozimga yana uch marta – 2005, 2010, 2015-yillarda Oliy Majlis palatalari tomonidan qayta tasdiqlandi.
2016-yilga kelib mamlakat prezidenti bo‘ldi. 2021-yil 24-oktabr kuni 80,1 foiz ovozi bilan ikkinchi besh yillik muddatga qayta saylandi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan davlat rahbarining Jizzaxga tashrifi haqida yozgandi.