Singapur dengiz sathining ko‘tarilishiga qarshi sun’iy orol quradi

Singapur hukumati global isish tufayli dengiz sathining ko‘tarilishiga qarshi kurashish uchun «Long Island» nomli yirik loyiha ustida ish olib bormoqda. Bu haqda CNN axborot agentligi ma’lum qildi.
Rejaga ko‘ra, janubi-sharqiy sohil bo‘ylab 13 kilometrli sun’iy orol tizimi barpo etilib, u nafaqat himoya devori, balki turarjoy va suv ombori sifatida xizmat qiladi.

Loyiha 2100-yilgacha suv sathi 1,15 metrgacha ko‘tarilishi mumkinligi taxminlariga javobdir. «Long Island» orqali 50 minggacha uy, bog‘lar, tijorat obyektlari hamda Singapur mustaqil suv ta’minotini yaratish uchun ombor qurilishi ko‘zda tutilgan.
Biroq loyiha atrof-muhitga ta’siri, xususan, dengiz jonivorlariga salbiy ta’siri borligi sababli tanqidlarga uchramoqda. Shunga qaramay, rasmiylar uni uzoq muddatli strategik yechim deb hisoblamoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda ziplayn va kanatli parklar qaysi hududlarda qurilishi haqida yozgan edik.