Sony va Bandai Namco anime bozorida hamkorlikni boshlaydi

24-iyul 2025 17:55 eʼlon qilindi

Pavel Goryachkin

Pavel Goryachkin

Muxbir
Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
sony
Sony va Bandai Namco anime bozorida hamkorlikni boshlaydi / Foto: Melvin Chavez / Unsplash

Sony korporatsiyasi Bandai Namco xoldingi bilan strategik kelishuvga erishdi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar berdi. Hamkorlik anime va videoo‘yinlar bozoridagi kengayish uchun mo‘ljallangan.

Kelishuvga ko‘ra, Sony Bandai Namco’ning 16 mln aksiyasini 68 mlrd iyenga (taxminan $465 mlnga) sotib oldi. Bu bilan Sony xoldingning eng yirik besh aksiyadori qatoriga kirdi.

«Bandai Namco bu bitim orqali global bozorlarga chiqish va o‘z intellektual mulk huquqlarini yanada samarali monetizatsiya qilish imkoniyatiga ega bo‘ladi», – degan xolding strategiya direktori Toshimoto Mitomo.

Hozirgi kunda ikki kompaniyaga Dark Souls, Dragon Ball va Tekken kabi mashhur o‘yinlar huquqlari tegishli. Bandai Namco, shuningdek, One Piece va Naruto kabi taniqli anime seriallari asosida ham o‘yinlar yaratgan.

Avvalroq Sony PlayStation 6 an’anaviy konsol bo‘lishi haqida yozgan edik.

Shuningdek