Tailand va Kambodja chegarasida qurolli to‘qnashuv sodir bo‘ldi

eʼlon qilindi
12 kishi halok bo‘ldi
Tailand va Kambodja chegarasida qurolli to‘qnashuv sodir bo‘ldi / Foto: NBC News

2025-yil 24-iyul kuni Tailand va Kambodja o‘rtasida chegaraviy mojarolar qurolli to‘qnashuvga aylandi. Bu haqda Reuters agentligi ma’lum qildi.

Tailand F-16 harbiy samolyoti Kambodjadagi harbiy nishonni bombardimon qilganini tasdiqladi. Kambodja esa ikki bomba yo‘lga tashlanganini aytib, bu harakatni «tajovuzkorlik» deb baholadi.

To‘qnashuvlar oqibatida Tailandda kamida 11 nafar tinch aholi va bir askar halok bo‘lgan. Shuningdek, 30 dan ortiq kishi yaralandi. Kambodja tomoni ham Tailandni ayblab, chegarani buzganini ma’lum qildi. Tailand esa o‘z suverenitetini himoya qilishga tayyor ekanini bildirdi.

Bu mojaroga chegara hududidagi yer maydonlariga qo‘yilgan mina portlashi sabab bo‘lgan. ASEAN va Xitoy tomonlar tinchlikka chaqirdi. Tailand chegarani yopgan, 40 mingdan ortiq aholi xavfsiz hududlarga ko‘chirildi. Mojaro yanada kuchaymasligi uchun xalqaro hamjamiyat vositachilikka chaqirilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq G‘azoda ochlikdan vafot etganlar soni 101 nafarga yetgani haqida yozgan edik.

Shuningdek