Toshkentda profilaktika inspektori 9-qavatdan sakramoqchi bo‘lgan qizni qutqarib qoldi

eʼlon qilindi
30 daqiqaga yaqin davom etgan og‘ir suhbat yordamida
Toshkentda profilaktika inspektori 9-qavatdan sakramoqchi bo‘lgan qizni qutqarib qoldi / Foto: Ijtimoiy tarmoq

Toshkent shahri, Yakkasaroy tumanida voyaga yetmagan qiz 9-qavatdan sakrab, joniga qasd qilmoqchi bo‘lgan paytda mahalla profilaktika inspektori uning hayotini saqlab qoldi. Bu haqda poytaxt IIB matbuot xizmati ma’lum qildi.

Voqea guvohlaridan biri darhol «Tashvish tugmasi» orqali xabar bergan. Mahalla profilaktika inspektori Sanjar Bekmurodov zudlik bilan voqea joyiga yetib borgan va qizga yaqinlashib, 30 daqiqaga yaqin davom etgan og‘ir holatda suhbat olib borgan. Qiz agressiv bo‘lganiga qaramay, inspektor uni ushlab qolishga muvaffaq bo‘lgan.

Shundan so‘ng FVV xodimlari yordamida qiz xavfsiz joyga olib chiqilgan. U va inspektor tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, qizga psixologik yordam ko‘rsatilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkentda fuqaroning joniga qasd qilish urinishidan yong‘in chiqqan edi.

Shuningdek