Vladimir Putin va Si Szinpin Shavkat Mirziyoyevni tavallud kuni bilan tabrikladi

eʼlon qilindi
Turkmaniston va Tojikiston yetakchilari ham
Foto: Prezident matbuot xizmati

Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Xitoy davlati rahbari Si Szinpin o‘z maktubida Shavkat Mirziyoyevni tavallud kuni bilan tabrikladi.

Shuningdek, Mirziyoyev Turkmaniston milliy yetakchisi Gurbanguli Berdimuhamedov va Tojikiston rahbari Emomali Rahmon bilan telefon orqali muloqot qildi.

Yetakchilar O‘zbekiston prezidentiga sog‘lik, farovonlik va davlat rahbari sifatidagi faoliyatida muvaffaqiyatlar tiladi.

Davlat rahbarlari Mirziyoyev bilan telefon orqali muloqotida BMTning Dengizga chiqish imkoni bo‘lmagan rivojlanayotgan mamlakatlar bo‘yicha uchinchi konferensiyasi va Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining navbatdagi Maslahat uchrashuviga tayyorgarlik ko‘rish yuzasidan fikr almashdi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Shavkat Mirziyoyev bugun, 24-iyul kuni 68 yoshni qarshi olgani haqida yozgandi.

Shuningdek