Yer qa’ridan noqonuniy foydalanish haqida xabar berganlar rag‘batlantiriladi

eʼlon qilindi
BHMning 1 baravari yoki jarimaning 5 foizi miqdorida
Yer qa’ridan noqonuniy foydalanish haqida xabar berganlar rag‘batlantiriladi / Foto: Sun’iy intellekt

Yer qa’ridan foydalanish qoidalarini buzish holati haqida xabar bergan fuqarolar pul mukofoti bilan rag‘batlantiriladi. Bu haqda Adliya vazirligi ma’lum qildi.

Buning uchun huquqbuzarlik videoteknika orqali qayd etilib, «Geomonitoring» tizimi orqali tegishli inspeksiyaga yuborilishi kerak. Video yoki fotomateriallarda huquqbuzarlikning o‘zi, voqea joyi, vaqti hamda agar bo‘lsa, ishtirokchi shaxslar ko‘rsatilishi lozim.

Ma’lumotlar 15 ish kuni ichida ko‘rib chiqiladi. Xabar tasdiqlansa, fuqaroga huquqbuzardan undirib olingan mablag‘ hisobidan BHMning 1 baravari yoki jarimaning 5 foizi miqdorida mukofot to‘lanadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Surxondaryo va Farg‘onada noqonuniy yer savdosiga uringanlar qo‘lga olingan edi.

Shuningdek