2025/2026-o‘quv yili uchun magistratura bo‘yicha qabul kvotalari e’lon qilindi
eʼlon qilindi
Jami 21 949 nafar talaba magistratura bosqichiga qabul qilinadi

Yangi o‘quv yili uchun O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalarining magistratura bosqichiga qabul kvotalari tasdiqlandi. Bu haqda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi ma’lum qildi.
Quyidagi jadvalda 2025/2026-o‘quv yili uchun magistratura bosqichi bo‘yicha kunduzgi, kechki va masofaviy ta’lim shakllariga ajratilgan qabul kvotalari ko‘rsatilgan:
Ta’lim shakli | Jami kvota | Davlat granti | To‘lov-kontrakt | O‘zbek tili | Rus tili | Qoraqalpoq tili |
---|---|---|---|---|---|---|
Kunduzgi | 20 210 | 9 922 | 10 288 | 17 263 | 2 947 | — |
Kechki | 1 319 | — | 1 319 | 1 107 | 138 | 74 |
Masofaviy | 420 | — | 420 | 352 | 53 | 15 |
Ma’lumot uchun, kunduzgi ta’lim shaklida o‘zbek va rus tillaridagi kvotalar grant va kontrakt ko‘rinishida berilgan. Kechki va masofaviy shakllarda barcha o‘rinlar to‘lov-kontrakt asosida ajratilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq kunduzgi, kechki va masofaviy ta’lim shakllariga qabul parametri tasdiqlangan edi.