Rossiyada ayrim Volvo avtomobillari yong‘in xavfi sabab chaqirib olinmoqda

25-iyul 2025 10:59 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Volvo
Ayrim Volvo avtomobillari yong‘in xavfi tufayli chaqirib olinadi / Foto: Volvo

Rossiya Texnik jihatdan tartibga solish va metrologiya federal agentligi (Rosstandart) Volvo kompaniyasining 280 dona Volvo XC60 va XC90 krossoverini chaqirib olishga rozilik berdi. Bu haqda «Avto.ru» xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, qarorga yong‘in xavfi sabab bo‘lgan. Qaytarib olish ishlarini ViSiAr kompaniyasi olib boradi. U Volvo’ning Rossiyadagi rasmiy vakili hisoblanadi.

Tekshiruvlar davomida avtomobillarning yuqori voltli akkumulyator batareyasi nazoratdan o‘tkaziladi. Zarur bo‘lsa, nosoz batareya bo‘limlari bepul almashtiriladi.

Volvo mutaxassislariga ko‘ra, nosozlik kam hollarda batareyaning haddan tashqari qizishi va yong‘inga sabab bo‘lishi mumkin. Bu holat, ayniqsa, batareya to‘liq quvvatlanganda yuzaga chiqadi. Barcha ta’mirlash ishlari egalar uchun bepul amalga oshiriladi.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan Volvo EX30 Cross Country avtomobili taqdim etilgani haqida yozgan edi.

Shuningdek