Chevrolet kompaniyasi yangi arzon avtomobilini taqdim etadi

25-iyul 2025 09:59 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Chevrolet
Chevrolet yangi arzon avtomobilini taqdim etadi / Foto: Dubizzle

Chevrolet kompaniyasi budjet toifasiga mansub yangi modelini taqdim etadi. Bu haqda Carscoops nashri xabar bermoqda.

Yangi avtomobil 2026-yilda Janubiy Amerikada namoyish etiladi. Uni Braziliyadagi zavodda ishlab chiqarish rejalashtirilgan.

Foto: Carscoops

Modelning nomi hozircha oshkor etilmagan. Modelning Onix bilan bir xil platformada yig‘ilishi taxmin qilinmoqda. Un 1,0 litrli turbomotor bilan jihozlanadi. Quvvati taxminan 120 ot kuchi bo‘lib, uzatmalar qutisi 6 pog‘onali mexanik yoki avtomat bo‘ladi. Yurituv faqat old g‘ildiraklarga uzatilishi kutilmoqda.

Foto: GMAutority
Foto: GMAutority

Janubiy Amerika bozorida ushbu model markaning yangilangan Chevrolet Tracker’dan pastroq segmentda joylashadi. Uning uzunligi 4270 mm ni tashkil etadi.

Mazkur ixcham krossoverning asosiy raqobatchilari — Volkswagen Tera, Renault Kardian, Fiat Pulse va Citroen Basalt bo‘lib, ularning barchasi ixcham xetchbeklar platformasida ishlab chiqilgan.

GM South America bayonotiga ko‘ra, yangi model faqat Janubiy Amerika bozorida taqdim etiladi va mintaqadan tashqarida sotilmaydi.

Avvalroq Chevrolet Cobalt avtomobilining kamchiliklari haqida maqola e’lon qilgan edik.

Shuningdek