Chirchiqdan noqonuniy shag‘al qazib olgan fuqaro olti yilga ozodlikdan mahrum qilindi

eʼlon qilindi
Qonunga xilof qazilma qazib olish holati 2024-yil noyabr oyida aniqlangan
Foto: cboswell / depositphotos

Oqqo‘rg‘on tuman sudi «G.S.» kompaniyasi rahbarini Chirchiq daryosi o‘zanida qum-shag‘al aralashmasini noqonuniy qazib olgani uchun olti yilga ozodlikdan mahrum etdi. Bu haqda O‘zbekiston Ekologiya vazirligi xabar berdi.

Sud, shuningdek, ayblanuvchidan tabiatga yetkazilgan zararni qoplashni ham talab qildi.
Jinoyat ishi 2024-yil 7-noyabrga o‘tar kechasi o‘tkazilgan reyd natijasida ochilgan. O‘shanda huquq-tartibot organlari va vazirlik xodimlari daryo o‘zanida noqonuniy qazish ishlari olib borayotgan maxsus texnikani aniqlagan.

Qoidabuzarlar Chirchiqdan olingan qum-shag‘al aralashmasini kompaniyaning maydalash zavodiga yetkazib berib turgan. Tabiatga yetkazilgan zarar miqdori 230 milliard so‘mdan oshgan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan yer qa’ridan noqonuniy foydalanish bo‘yicha xabar berganlar rag‘batlantirilishi haqida xabar bergandi.

Bunda huquqbuzarlik video orqali qayd etilib, «Geomonitoring» tizimi orqali tegishli inspeksiyaga yuborilishi kerak. Video yoki fotomateriallarda huquqbuzarlikning o‘zi, voqea joyi, vaqti hamda agar bo‘lsa, ishtirokchi shaxslar ko‘rsatilishi lozim.

Shuningdek